O'quv markazlari va xususiy maktablar uchun DTM va xalqaro standartlarga asoslangan yagona to'liq avtomatlashtirilgan ekotizim. Oddiy foizlar emas, kuchli matematika va mobil texnologiyalar yordamida raqobatchilaringizdan bir qadam oldinda bo'ling.
OMR Skaner
1 soniyada tekshirildi
Negiz Testolog inson aralashuvisiz, xalqaro Rash modeliasosida savollarning dinamik qiyinlik darajasini va o'quvchining sof bilimini hisoblaydi.
Hammasi yagona platformada birlashgan. Boshqa dasturlarga ehtiyoj qolmaydi.
O'quvchilar mustaqil ravishda platforma orqali fanni, bloklarni, tilni va "sertifikat" rejimini tanlaydilar. Markazning majburiy kanaliga obuna tekshiriladi va avtomatik ID raqam generatsiya qilinadi.
Savollarni bittalab kiritishga hojat yo'q! .docx faylni yuklang. Tizim matn, rasm, kimyoviy va matematik formulalarni buzmasdan bazaga qabul qiladi va toifalarga ajratadi.
Ko'chirmakashlikka chek qo'ying! Tizim 1 ta variantdan o'quvchilar soniga qarab turli xil ketma-ketlikdagi shaxsiy test kitobchalarini (shaxsiy ID bilan) bitta PDF qilib chop etishga tayyorlab beradi.
Qimmatbaho skaner apparatlari kerak emas. Smartfoningiz kamerasi yordamida DTM standartidagi titul varaqalarini soniyalar ichida skanerlang va javoblarni bazaga yuboring.
"Negiz Coin" ichki valyutasi. Faqat tekshirilgan titullar uchun avtomatik to'lov yechiladi (Pay-per-scan). Barcha xarajatlar va tushumlar tranzaksiyalar tarixida shaffof ko'rinib turadi.
Imtihon yakunlangach, o'quvchilar va testologlarga nafaqat umumiy ball, balki har bir fan, mavzu bo'yicha kuchli/zaif tomonlar aks etgan batafsil analitik hisobot taqdim etiladi.
4 ta oddiy qadam bilan butun imtihon jarayonini boshqaring.
Testolog tizimda imtihon yaratadi va testlarni Word formatida yuklaydi.
O'quvchilar onlayn ro'yxatdan o'tib, o'z shaxsiy ID raqamlarini oladilar.
Tizim aralashtirilgan test varaqalarini PDF qilib beradi. Imtihon o'tkaziladi.
Mobil kamera orqali javoblar skaner qilinadi, Rash modeli natijalarni e'lon qiladi.
Negiz Coin — platformaning ichki valyutasi. 1 coin = 1 o'quvchi javob varaqasi skanerlash.
Bugunoq Negiz Testolog tizimiga ulaning va ilk testlaringizni bepul tekshirib ko'ring.